
Alisher Odilov Rossiya klubiga o‘tishga yaqin
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi va "Olimpik" klubi futbolchisi Alisher Odilov Rossiya premer-ligasi vakili "Ximki" safiga ko‘chib o‘tishga yaqin. "SE" nashrining xabar berishicha, hujumchi yangi jamoasi bilan shartnoma imzolash uchun Rossiyaga uchib ketgan.
23 yoshli futbolchining transferi yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda. Futbolchi 1+1 sxemasi bo‘yicha bitim imzolashi kutilmoqda.
Avvalroq, Odilovga BAA chempionatida ishtirok etuvchi "Al-Vahda" klubidan ham taklif bo‘lgan edi. Ta’kidlash joiz, bu erda boshqa bir hamyurtimiz Hojimat Erkinov ham to‘p tepadi.
Eslatib o‘tamiz, Odilov joriy mavsum umumiy 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va huddi shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. Forvard "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlarida ham ishtirok etdi va 2 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol kiritdi.
Fikrlar