Alisher Odilov nega “Navbahor”ni tark etganini ochiqladi

  • 6 dekabr, 18:36
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" klubi safida Superliganing oltin medalini qo‘lga kiritgan Alisher Odilov Sports.uz saytiga bergan intervyusida nega mavsum o‘rtasida “Navbahor”ni tark etganini bayon qildi.

Tecno

“Navbahor”da yaxshi mavsum o‘tkazayotgan edim. Ammo murabbiy Sergey Lushchan bilan munosabatlarimiz o‘zgarib ketdi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, meni ko‘pincha zaxiraga olishni boshladi. Shunda tushundimki, Lushchan menga ishonch bildirmayotgandek tuyuldi. Oxirgi o‘yinim "Paxtakor"ga qarshi bo‘lgan. Unda biz yaxshi harakat qilgan holda mag‘lub bo‘lgandik. Ammo murabbiy mag‘lubiyat sababi sifatida meni va Ruslan Jiyanovni ko‘rsatdi. Aslida o‘sha uchrashuvda ikkimiz ham juda yaxshi o‘ynagan edik.

Orada 3–4 kun tanaffus bo‘ldi. Shu vaqtda Braziliyadan jamoaga legioner kelayotganini eshitdim. Keyin esa Alisher Odilovga taklif bo‘lsa, bemalol tark etishi mumkinligi haqida gap qulog‘imga chalindi. Murabbiy shunday deganidan keyin har qanday futbolchining ham o‘ynagisi kelmaydi. Shuning uchun ketishga qaror qildim”, — dedi Odilov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!