Aliqulovning o‘rnini G‘aybullaev egallaydi

  • 17 mart, 11:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov “Rizespor” klubi safida Turkiya chempionati doirasidagi uchrashuvda yuzidan jarohat olib maydonni tark etgan edi.

Tecno

Klub tomonidan o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida Aliqulovning burun va yonoq qismida suyak sinish holati aniqlanib, futbolchiga jarrohlik amaliyoti qo‘llandi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda, tibbiy shtab tavsiyasi bilan Husniddin Aliqulov terma jamoamiz yig‘inida qatnasha olmaydigan bo‘ldi. 

Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar tomonidan milliy jamoa safiga “Nasaf” klubi himoyachisi G‘olib G‘aybullaev jalb etildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
17/03/2025 11:45
Xurshid G‘iyosov yoki Shaxzod Azmiddinov olish kerak edi