
Aliboev to‘liq harakat qilgan uchrashuvda "Sonnam" g‘alaba qozondi
Koreya K-2 ligasi 16-turidan o‘rin olgan "Sonnam" - "Anyang" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunanlandi.
Legionerimiz Ikrom Aliboev uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq harakat qildi. O‘zbekistonlik futbolchi bundan tashqari 88-daqiqada sariq kartochka bilan jazolandi.
Ma’lumot uchun, "Sonnam" ayni paytda 19 ochko bilan 10-pog‘onani egallab turibdi. 30 ochkosi bor "Anyang" esa turnir jadvalini boshqarib turibdi.
Fikrlar