
Aliboev to‘liq harakat qilgan bahsda "Sonnam" g‘alaba qozondi
Koreya K-2 Ligasi 2-turi doirasidagi "Sonnam" - "Kimpho" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobida g‘alabasi bilan yakunlandi.
Legionerimiz Ikrom Aliboev bellashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumdagi ikkinchi o‘yinida maydonga tushdi. Ayni damda "Sonnam" chempionat turnir javdvalida 4 ochko bilan 8-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar