
Aliboev jamoasining bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Ikrom Aliboev o‘tgan mavsum so‘nggida "Kanvon" bilan xayrlashib, ikkinchi divizion klubi "Seongnam" tarkibiga qo‘shilgandi. Ushbu jamoa bosh murabbiyi Ki-Xyung Li o‘z lavozimidan ozod qilindi.
Seongnamliklar uchun mavsum og‘ir boshlandi. Klub ketma-ket 3 ta turdan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Shu bilan birga, Aliboev ham hali debyutini nishonlagani yo‘q. Futbolchimiz qaydnomalardan ham o‘rin olmayapti. Uning jarohat olgani haqida ham taxminlar bor.
Endilikda "Seongnam" o‘ziga yangi bosh murabbiy izlamoqda. Li 2022 yildan beri jamoada ishlab kelayotgandi.
Fikrlar