
Ali Abdel-Aziz: "Islom Maxachev hattoki Aleks Perreyrani ham mag‘lub eta oladi"
Menejer Ali Abdel-Aziz engil vaznda UFC chempioni Islom Maxachevning darajasini yuqori baholadi.
“Menimcha, engildan o‘rta vazngacha Maxachevni mag‘lub eta oladigan jangchi yo‘q. U aql bovar qilmas darajada o‘sdi. O‘ylashimcha, Islom hatto yarim og‘ir vazn toifasida Aleks Perreyrani ham enga oladi. U tarixdagi eng ko‘p qirrali jangchilardan biri. Hatto Demetrius Jonson ham Maxachev bilan tenglasha olmaydi" — deya Ali Abdel-Azizning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie".
Eslatib o‘tamiz, Islom (26-1) keyingi janggini "UFC 311" turnirida Arman Tsarukyan(22-3)ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar