
Aleksis Sanches "Sevilya" safiga borib qo‘shildi
"Sevilya" 36 yoshli chililik hujumchi Aleksis Sanchesni o‘z safiga qo‘shib oldi. La Liga klubi "Udineze" futbolchisi bilan bir yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Sanches o‘tgan mavsum A Seriya doirasida 13 ta o‘yin o‘tkazib, gol ham, golli uzatmani ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ya olmadi.
Ma’lumot o‘rnida, Ispaniyadagi faoliyati davomida u avval "Barselona" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar