Aleksandr Xomyakov "Mash’al" klubi va uning muhlislariga maktub qoldirdi

  • 1 iyun, 2019, 13:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Mash’al" klubi sobiq bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovning xayrlashuv so‘zlari quyidagicha bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Aziz do‘stlarim, men klubda qilgan ishimga, 10 yil mobaynida menga berilgan iliqlik va samimiyatlik uchun mehmondo‘st va tengsiz o‘zbek xalqiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bir jamoada 10 yil muddat davomida ishlash qaysidir ma’noda rekord deyish mumkin. Siz bilan birga o‘tkazgan his-tuyg‘ularni doimo yodda saqlayman. Ha ketish og‘ir, juda og‘ir. Ammo xayot davom etadi.

Futbolchilar, jamoa murabbiylar shtabi va klubning barcha xodimlari, ularning professionalligi meni doimo hayratga solib kelgan. Chunki bu erda profesionallik yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan. Men har biringizdan qarzdor bo‘lib qolaman va har doim sizning ishingizga to‘liq vijdonan yondoshganingizdan xursandman.

Klub rahbariyati menga shuncha vaqt ishonch bildirib, o‘z yaqini, aka-ukasidek ko‘rgani uchun boshim erga tekkuncha ta’zim qilib qolaman. Sizning istagingiz va sabr-bardoshingiz siz istagan natijalarga erishishga imkon berdi.

Menga bergan amaliy yordamingiz, qo‘llab-quvvatlaganingiz, umuman hamma hammasi ajoyib edi. Yana bir bor rahmat sizga. Bunday ajoyib klubni boshqarish men uchun doimo sharafli bo‘lgan. "Mash’al"ga kelgusida ham omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Umid qilamanki, Muborakka hali yana katta futbol qaytadi va klub nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro arenalarda ham katta natijalar qayd etadi. O‘zbek xalqidek do‘st, mehribon va oq-ko‘ngil insonlarni dunyoning boshqa eridan topish qiyin. 

Siz yaqinlarimga ketar chog‘im, bir narsani alohida aytaman. Sizdek do‘stlarim bo‘lgani mening omadim va baxtim. Sizlar bilan diydor ko‘rishishni doim orzu qilib qolaman.

Cheksiz xurmat va ehtirom bilan!

Aleksandr Xomyakov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!