Aleksandr Xomyakov: 9 kun ichida 3 ta o‘yin o‘tkazganimiz natijaga o‘z ta’sirini o‘tkazdi

  • 22 iyun, 2019, 20:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Andijondagi “Sog‘lom avlod” o‘yingohida Superliganing 12-turidan o‘rin olgan “Andijon” hamda AGMK jamoalari bahsi o‘z yakuniga etdi.

Tecno

O‘yindan o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkiinchi qismida mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Afsuslanarli albatta. Ilk daqiqalardanoq o‘yin bizning boshqaruvimizda o‘tmasligini bildim. Aslida o‘yin uchun rejamiz bunday emas edi. Juda sust harakat qildik. O‘yinni boshqara olmadik. Raqib o‘z navbatida yo‘l qo‘ygan xatolarimizdan unumli foydalandi va qarshi hujumga yaxshi o‘tdi. Birinchi bo‘limda gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng tanaffusgacha hisobni tenglashtirishimiz shart edi. Ikkinchi bo‘limda esa katta e’tiborni hujumga qaratishimiz va shu bilan birga himoyani ham unutmasligimiz kerak edi. Ammo, raqibning qarshi hujumi gol bilan yakunlandi.

O‘yin so‘nggida mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun qattiq harakat qildik, ammo futbolchilarga kuch etishmadi. Bunga so‘nggi 8-9 kunda 3 ta o‘yin o‘tkazganimiz ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi deyish mumkin. Futbolchilar to‘liq tiklanib ulgurishmadi. Raqib esa bir hafta dam oldi va ular yangi kuch bilan o‘ynashdi. Bugun ular tezroq edi.

Mavsumlar oralig‘ida mahoratli hujumchi sotib olishni rejalashtirganman. Ammo, hozircha buni rahbariyat bilan muhokama qilmadik. Shuni ham alohida ta’kidlardimki, men hali jamoadagi mavjud futbolchilarning aksariyatini qanday imkoniyatlarga ega ekanini to‘liq bilmayman. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Azizilloxon
22/06/2019 22:56
Андижонни кучайтириш учун камондани тозалаш керак биринчи уринда Ахмедовни жавобини бериш керак Киличев узидан юлдиз ясаб олган уткан йили камонда бамбардири булган Шахбозни имкон бериш керак уйини чикади банкада олиб утирмасдан Месни футболчиларни олиб келиш керак Шавкатни,Абдурахмонавни ва Яна куплаб ешлар бор
Behzod Aliev
22/06/2019 22:30
Натижа натижа ёмоооон деярли хамма каманда хам 9 кун ичида 3 уйин уйнади бу бахона булолмайди харакат ва яна харакат