
Aleksandr Volkanovski faoliyatini yakunlaydimi?
UFC ning yarim engil vazn toifasida sobiq chempion Aleksandr Volkanovski faoliyatini qachon yakunlashini aytdi.
“Men yana bir nechta jang o‘tkazishni xohlayman, balki undan ham ko‘proq. Hozircha shuni aytishim mumkinki, "menga yana jang bering" deyish hali ham yoqadi. Rejam – kamarni qo‘lga kiritib, so‘ngra uni himoya qilish. Shundan keyin faoliyatimni yakunlashim mumkin” - dedi Volkanovski You Tube dagi Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Aleksandr so‘nggi jangida Iliya Topuriyadan mag‘lubiyatga uchragan edi.
Fikrlar