
Aleksandr Usikni bir qator futbolchilar jangdan oldin qo‘llab-quvvatlashdi
Portugaliyaning "Benfika" klubi darvozaboni Anatoliy Trubin va Ukrainaning "Shaxtyor" futbol klubi o‘yinchilari o‘z hamyurti va boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usikni britaniyalik Tayson Fyuri bilan o‘tkaziladigan revansh jangi arafasida qo‘llab-quvvatlashdi.
22 dekabr kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan super to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan tonggi 03:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, ukrainalik Aleksandr 2013 yilda professional boksda debyut qilgan. Faoliyati davomida u 22 ta g‘alabadan 14 tasini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan.
Fikrlar