
Aleksandr Usik va Daniel Dyubuaning jang sanasi ma’lum
Professional boksning og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF chempioni Aleksandr Usik britaniyalik Daniel Dyubua bilan bo‘lib o‘tuvchi jang sanasini ma’lum qildi.
“26 avgust kuni Polshada ko‘rishguncha”, — deb yozdi og‘ir vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Usik ijtimoiy tarmoqlarda.
Usik oxirgi marta 2022-yil avgust oyida Entoni Joshuani ochkolarga ko‘ra, mag‘lub etgan. Uning hisobida 20 ta g‘alaba (13 tasi nokaut bilan) bor.
Dyubua esa 19 g‘alaba (17 ta KO) va bitta mag‘lubiyat qayd etib turibdi. 2022 yilning dekabrida u 3-raundda Kevin Lerenani nokautga uchratgan.
Fikrlar