Aleksandr Usik Errol Spens va Terens Krouford jangida kim g‘alaba qozonishini aytdi

  • 25 iyul, 2023, 09:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
29 iyul kuni AQShning Nevada shtati, Las-Vegas shahrida joylashgan “T-Mobile” arenasida yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) uzoq kutilgan WBC, WBA, IBF chempioni Errol Spens (28-0, 22KO) va WBO kamari egasi Terens Krouford (39-0, 30KO) o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tadi. 
 
Og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF kamarlari egasi Aleksand Usik ushbu bahsda kim g‘alaba qozonishi bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi. 
 
“Bu ajoyib jang. Menga Terens yoqadi. U ajoyib bokschi. Menimcha, Terens g‘alaba qozonadi. Bu mening fikrim", - dedi Usik FightHype nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!