
Aleksandr Merzyalkov: "Jamoa bilan 8 yildan beri birgaman va Qo‘qon men uchun ikkinchi uyimga aylanib qolgan"
“Qo‘qon-1912” jamoasi bilan shartnomani uzaytirgan himoyachi Aleksandr Merzlyakov kelasi mavsum haqida qisqa fikr bildirib o‘tdi.
“Birinchi navbatdagi barchaga Yangi 2024 yil muborak bo‘lsin. Ushbu yil barchaga omadli o‘tishini tilab qolaman. «Qo‘qon-1912» jamoasi bilan yangi shartnoma imzolaganimdan juda ham xursandman.
Jamoa bilan sakkiz yildan beri birgaman va Qo‘qon men uchun ikkinchi uyimga aylanib qolgan, deb aytsam xato bo‘lmaydi. Yangi yilda «Qo‘qon-1912» jamoasi bilan har tomonlama kuchayishiga harakat qilamiz va Pro ligada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz”, - dedi Merzlyakov.
Fikrlar