Aleks Sandro Amerika kubogi finalini o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 9 iyul, 2021, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik himoyachi Aleks Sandro Amerika kubogi finalini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Yuventus” futbolchisi chap sonidagi mushak jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Sandro kecha yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazgan. Uning finaldagi ishtiroki so‘roq ostida turibdi, chunki u jarohatdan hali to‘liq sog‘aymadi.

Braziliya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi 11 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!