
Aleks Pereyra va Magomed Ankalaev o‘rtasidagi revanshning taxminiy sanasi ma’lum
Taniqli menejer Ali Abdel-Aziz yarim og‘ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Magomed Ankalaev (20-1-1-1 N/C) va braziliyalik Aleks Pereyra (12-3) o‘rtasidagi revansh haqida gapirdi.
"Bu yigitlar katta ehtimol bilan oktyabrda to‘qnash kelishadi. Biroq ikkinchi bahsda ham Magomedning imkoniyatlarini yuqori baholayman. U partrda ham, "stoyka" da ham ishlay oladi. Aleks unga hech qanday muammo tug‘dirmaydi" - dedi menejer "Sportskeeda" nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Ankalaev va Pereyra o‘rtasidagi ilk qarama-qarshilikda rossiyalik jangchi hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozonib, yarim og‘ir vaznda chempionga aylangandi.
Fikrlar