Aleks Oksleyd-Chemberlen APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin

  • 20 sentabr, 2020, 13:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen faoliyatini “Vulverxempton”da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mersisaydliklar safiga Tyago Alkantara kelib qo‘shilgach, Oksleyd- Chemberlen zaxiraga o‘tirib qolishi mumkinligidan “bo‘rilar” foydalanib qolishmoqchi va uni o‘z tomoniga og‘dirib olishmoqchi.

Aleks Oksleyd-Chemberlen “Liverpul” safiga 2017 yil “Arsenal”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida mersisaydliklar safida jami 87 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning ayni damdagi transfer narxi 28 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!