Alba yana Messi bilan o‘ynaydi. Muzokaralar yakuniy bosqichda!

  • 18 iyun, 2023, 16:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" sobiq futbolchisi Xordi Alba faoliyatini AQSh chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda mashhur "Goal" nashri xabar berdi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, futbolchi Lionel Messi jamoasiga aylangan "Inter Mayami" bilan kelishuvga erishgan. U erkin agent sifatida MLS chempionatiga yo‘l oladi. 

Albaga "Inter Mayami"dan tashqari "Atletiko", "Inter" va Saudiya Arabistonining bir qancha klublari qiziqish bildirayotgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!