
Alba: "Messi bu ro‘yxatga qaytadi"
Himoyachi Jordi Albaning fikricha, Lionel Messi 2024 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi mumkin.
- Men hech qachon "Oltin to‘p"ga ahamiyat bermaganman. Ba’zi o‘yinchilar natijalardan rozi, boshqalari esa rozi emas. Men Leo har doim da’vogarlar qatorida bo‘lishi kerak deb hisoblayman. U MLSga ketgani uchun etarlicha baholanmagan bo‘lishi mumkin.
Men uchun u shubhasiz dunyodagi eng yaxshisi. Argentina terma jamoasida ham u eng yuqori saviyada o‘ynashda davom etmoqda. Mukofotni boshqa futbolchiga berish qarorini hurmat qilaman, - deydi "Inter Mayami" yarim himoyachisi.
Ma’lumot uchun, "Manchester Siti" futbolchisi Rodri dushanba kuni bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi. Messi mukofotga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritilmadi.
Fikrlar