
Alba "Barselona"dagi kelajagi haqida gapirdi
"Barselona"ning chap qanot himoyachisi Xordi Alba kelajagi borasida gapirdi.
"Men o‘zimni ajoyib his qilyapman, lekin futbolda ko‘p vaqtim qolmaganini bilaman. "Barselona" - top jamoa. Klubim bilan amaldagi shartnomamga hali yana bir yil bor. Ko‘ramiz, keyin nima bo‘ladi”, - deya ispaniyalik himoyachining so‘zlarini keltiradi "Sport.es" nashri.
34 yoshli futbolchi 2012 yildan buyon Kataloniya klubi sharafini himoya qilib kelmoqda va uning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Himoyachi joriy mavsumda La Ligada 16 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi, 3 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar