
Alba "Barselona"da antirekord o‘rnatdi
“Barselona” himoyachisi Jordi Alba bundan biroz avval yakuniga etgan “Valensiya”ga (2:0) qarshi o‘yinda o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.
Bu 30 yoshli futbolchining “ko‘k-anor ranglilar” tarkibida La Liga o‘yinlarida kiritgan 4-avtogoli bo‘ldi. Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra Alba shu tariqa “Barselona” safida XXI asrda Ispaniya chempionatida eng ko‘p avtogol urgan futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Jordi Alba “Barselona” sharafini 2012 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida kataloniyaliklar safida jami 316 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 16 ta gol hamda 59 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar