"Alaves" ustozi: "Endrik qizil kartochkaga loyiq edi"

  • 26 sentabr, 2024, 21:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Alaves" ustozi Luis Garsiya "Real Madrid" o‘sha kungi bahsda kamchilik bo‘lib, o‘yinni davom ettirishi kerak edi deb hisoblamoqda. O‘sha o‘yinning 83-daqiqasida madridliklar hujumchisi Endrik himoyachi Santyago Mourino to‘psiz vaziyatda unga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Uchrashuv bosh hakami Alexandro Munos braziliyalik futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatish bilan kifoyalandi.

Tecno

"Endrik bilan bo‘lgan epizod qizil kartochkaga tortadigan bo‘ldi. Biz oxirgi 10 daqiqani ko‘pchilikda o‘tkazishimiz kerak edi. Endrikning ataylab bergan zarbasi aniq qizil kartochka va boshqa hech narsa emas.

Men bu haqda boshqa gapirmayman.  Shunchaki aniq ko‘rinib turgan epizod haqida gapiryapman, tamom.

To‘g‘ri, ularga yana bir yoki ikkita sariq kartochka ko‘rsatilgan. Ammo 18 yoshli futbolchining harakatlari boshqa masala edi", - dedi Luis Garsiya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!