Alaba "Evro-2024"da maydonga tusha olmaydi, lekin...

  • 17 may, 2024, 03:28
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi va Avstriya terma jamoasi himoyachisi David Alaba 2024 yilgi Evropa chempionati uchun tiklanishga ulgurmaydi.

Tecno

Tajribali himoyachi dekabr oyi o‘rtalaridan beri maydonga tusha olmayapti. U 17-dekabr kuni “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda tizzasidan jiddiy jarohat olgandi. Endi futbolchi kelasi mavsum boshida safga qaytadi.

Ammo Alaba jamoasi bilan Evroga borishi mumkin. "Relevo" nashrining xabariga ko‘ra, Avstriya bosh murabbiyi Ralf Rangnik jarohat olgan himoyachiga terma jamoa rasmiy delegatsiyasi tarkibida turnirda ishtirok etish uchun murabbiylar shtabidan vaqtinchalik lavozim taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Evro-2024"da Avstriya Niderlandiya, Fransiya va Polsha terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!