"Al-Nasr" Ronaldu bilan 2030 yilgacha shartnoma imzolamoqchi. Qanaqasiga?

  • 22 dekabr, 2022, 14:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda erkin agent hisoblangan hujumchi Krishtianu Ronaldu "Al-Nasr"ga o‘tishga yaqin turibdi. Avvalroq Saudiya klubi «Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisiga 2025 yilgacha shartnoma taklif qilgani, biroq uning o‘zi Evropa jamoalaridan taklif kutayotgani xabar qilingandi.

Tecno

Marca nashri xabariga ko‘ra, saudiyaliklar yaqin soatlar ichida futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqishlari mumkin. Shu bilan birga, portugaliyalik futbolchi yangi jamoasi bilan 2030 yilgacha shartnoma imzolashi va yaqin 2,5 yil davomida "Al-Nasr" sharafini himoya qilishi mumkin. Ronaldu 2,5 yildan so‘ng esa Saudiya Arabistoni, Gretsiya va Misrning 2030 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilish bo‘yicha qo‘shma arizasiga ko‘ra elchi vazifasini bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, Ronalduning vatani – Portugaliya ham Ispaniya va Ukraina bilan birga aynan 2030 yilgi mundial mezbonligiga qo‘shma ariza topshirgan.

“Al-Nasr”da 2,5 yil ichida Ronaldu 200 million evro ishlab oladi. Uning 2030 yilgi jahon chempionati uchun elchi sifatidagi maoshi esa yanada yuqori bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!