
"Al-Ittihod" nomdor futbolchisi qishdayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Inter" hujumchisi Aleksis Sanches "Al-Ittihod"ga o‘tishi mumkin.
Saudiya Arabistoni klubi murabbiyi Marselo Galyardo Chili termasining 35 yoshli futbolchisi bilan bog‘lanib, unga qishda "Al-Ittihod"ga o‘tishni taklif qildi.
Qayd etish lozim, Aleksisning "neradzurrilar" bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Sanches joriy mavsum asosan EChL uchrashuvlarida maydonga tushib, "ko‘hna qit’a"ning nufuzli turnirida o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar