
"Al-Hilol" yirik hisobda zafar quchdi, Mitrovich debyut o‘yinida gol urdi
Saudiya Arabistoni chempionati 3-turidan o‘rin olgan "Al-Raid" - "Al-Hilol" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda riyodliklar yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.
"Al-Hilol" safida Al-Davsari dubl qilgan bo‘lsa, Mitrovich hamda Milinkovich-Savich ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Al-Hilol" 7 ochko bilan Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar