“Al-Hilol” yana jarohat olgan Neymardan voz kechdi

  • 6 noyabr, 2024, 23:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Neymar bir yil maydondan tashqarida yurganidan keyin yaqindagina “Al-Hilol” safiga qaytgan edi.

Tecno

Braziliyalik yulduz ikkinchi uchrashuvida o‘ttiz daqiqa o‘ynay oldi xolos. Oyoq mushaklarida og‘riq turgani uchun tezda almashtirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Neymar yana kamida ikki hafta davolanishiga to‘g‘ri keladi. Bu holat “Al-Hilol” rahbariyatida jiddiy norozilik keltirib chiqardi.

Neymarga katta maosh to‘layotgan klub   xo‘jayinlari braziliyalik hujumchining xizmatidan voz kechishga qaror qildi. 2025 yilning yanvarida klub Neymarni amaldagi shartnomani bekor qilish harakatini boshlaydi.

Aslida tomonlarning kelishuvi kelasi yozgacha davom etishi belgilangan. Biroq klub rahbariyatiga Neymarning ko‘p jarohat olayotgani yoqmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!