
"Al-Hilol" klubi egasi Messining transferi haqida gapirdi
"Al-Hilol" rahbari Fahd bin Nafel Lionel Messining jamoaga o‘tishi borasidagi fikrlarini aytdi.
PSJ hujumchisi iyul oyida klubini o‘zgartirishi mumkin. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi hali ham uzaytirilmagan. Saudiya Arabistoni klubi “Al-Hilol” 35 yoshli superyulduz uchun asosiy da’vogarlardan biri sanaladi.
"Messi? Mendan bu haqda so‘ramang, men hech narsa demayman. Futbolchi qanchalik yulduz bo‘lmasin, “Al-Hilol” katta klub ekanligini bilishi kerak. Maqsadimiz tarkibni kuchaytirish. Bitta futbolchi hech qachon butun jamoadan muhimroq bo‘lmasligi kerak", - deya Saudiya klubi rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirdi ispan OAVlari.
Fikrlar