
"Al-Hilol" bosh murabbiyi nimaga Neymarni maydonga tushirmadi?
"Al-Hilol" Qirol kubogidan o‘rin olgan "Al-Jabalayn"ga qarshi bahsda minimal hisobda zafar quchib, chorak finalga yo‘l oldi. Mazkur to‘qnashuvda Neymar qaydnomadan joy olmadi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Xorxe Jezush nima uchun braziliyalik hujumchini maydonga tushirmaganini aytdi.
"O‘yindan oldin Neymar menga charchaganini aytdi va u biroz dam olishi kerak edi. U bilan oramizda hech qanday adovat yo‘q", - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "Al-Hilol"ni oldinda "Al-Shabab"ga qarshi uchrashuv kutmoqda. Ushbu matchda Neymar qaytishi mumkin.
Fikrlar