
"Al-Hilol" — Vinisius haqida: "Biz xohlagan futbolchini ishontira olamiz"
"Real Madrid" yulduzi Vinisius Juniorning Saudiya Arabistoni klubiga o‘tishi borasidagi mish-mishlar so‘nggi paytlarda to‘xtab qolgandi. Ammo "Al-Hilol" klubi bosh direktori Stiv Kalsada bu masalaga aniq munosabat bildirdi.
"Vinisiusmi? Saudiya ligasi istalgan futbolchini olish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin. Biz istalgan narsaga tayyormiz, chunki bunga zarur vositalarimiz bor. Biz xohlagan futbolchini ishontira olamiz — gap faqat pulda emas" — dedi u "The Touchline" nashriga.
Vinisiusning transfer narxi Transfermarkt tomonidan 170 million evroga baholanmoqda, uning madridriklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2027 yilgacha tuzilgan.
Fikrlar