
Al-Dovsari "Navbahor"ga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi?
Xabaringiz bor, OChL 5-turida "Navbahor" Namanganda "Al-Hilol"ni qabul qiladi. Ushbu bahsda riyodliklarning muhim futbolchilaridan biri hisoblangan Salim Al-Dovsari maydonga tushishi so‘roq ostida qolayotgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, vinger bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. U ertangi bahsda o‘yinga tusha oladi.
Eslatib o‘tamiz, Al-Dovsari "Al-Taavun"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi. Shuningdek, u "Navbahor"ga birinchi to‘qnashuvda ham ishtirok eta olmagan.
Ayni paytda guruhda ikkala jamoaning ham ochkolari soni 10 ta bo‘lib turibdi.
Fikrlar