
"Al-Beruniy" 2-xalqaro turniri yakunlandi
2025 yilning 2-12 fevral kunlari Toshkentdagi shaxmat akademiyasida Al-Beruniy 2-Xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqa to‘liq FIDE qoidalari asosida 3 ta guruhda ("Masters", "Challengers" va Futures") tashlil etilib, turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 68 700 AQSh dollarini tashkil etdi. Ushbu yo‘nalishlarda 9 ta turdan iborat shvetsarcha tizimda bo‘lib o‘tdi.
Bugun musobaqa yakunlandi va g‘olib va sovrindorlarga medal, diplom, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
3 ta yo‘nalish bo‘yich sovrindor o‘rinlar bilan tanishing.
"Masters" guruhida
1-o‘rin Madaminov Muhiddin
2-o‘rin Sargsyan Shan
3-o‘rin Martirosyan Hayk;
"Challengers" guruhida
1-o‘rin Daneshvar Bardiya
2-o‘rin Nesterov Arseniy
3-o‘rin Paravyan David;
"Futures" guruhida
1-o‘rin Atabaev Saparmyrat
2-o‘rin Pa Iniyan
3-o‘rin Mixail Nikitenko
Taqdirlash marosimidan fotolavhalar:




.jpg)




Fikrlar