"Al-Beruniy" 2-xalqaro turniri ishtirokchilari bilan tanishing!

  • 22 yanvar, 15:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

2025 yilning 2-12 fevral kunlari "Al-Beruniy" 2-Xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi

Tecno

Musobaqa FIDE qoidalari asosida 3 ta guruhda tashkil etiladi:

"Masters" guruhida 2600 va undan yuqori reytingga ega bo‘lgan 6 nafar xorijlik shaxmatchilar qatnashish huquqiga ega. "Challengers" guruhida 2500 va undan yuqori reytingga ega bo‘lgan 6 nafar xorijlik shaxmatchilar qatnashish huquqiga ega. "Futures" guruhida 2400 va undan yuqori reytingga ega bo‘lgan 6 nafar xorijlik shaxmatchilar qatnashish huquqiga ega. Musobaqa tashkilotchilari tarafidan esa 4 nafar tanlab olingan o‘zbekistonlik ayol (qiz) shaxmatchilar ishtirok etishi etishi mumkin.

Musobaqa aylanma tizim standart yo‘nalishida 9 turda o‘tkaziladi. Har bir ishtirokchiga 90 daqiqadan vaqt beriladi va birinchi yurishdan boshlab har bir yurishga 30 soniyadan vaqt qo‘shib beriladi. 30 yurishgacha durangga kelishish mumkin emas.

Musobaqada ishtirok etishni istagan xorijlik shaxmatchilar 2025 yilning 15 yanvariga qadar, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining rasmiy elektron pochtasi uzchess@inbox.ru orqali ariza yuborishlari mumkin.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar 2025 yilning 15 yanvariga qadar trenerlar kengashiga yozma ravishda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. 

Musobaqa umumiy mukofot jamg‘armasi - 68 700 AQSh dollarini tashkil etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!