"Al Ayn" bosh murabbiyi: "Bor e’tiborimizni "Paxtakor" bilan o‘yinga qaratganmiz"

  • 18 sentabr, 2023, 15:09
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi ilk turi doirasida "Paxtakor" - "Al Ayn" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan BAA klubi bosh murabbiyi Albertus Shroyder matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Avvalo, bu erda sizni ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Ertaga musobaqani ajoyib mamlakat va shaharda boshlaymiz.

Bilamizki, "Paxtakor" juda kuchli jamoa. Ularning o‘yinlarini tahlil qilib chiqdik. Bu jamoaga qarshi o‘ynash biz uchun qiziqarli. Oldimizdagi uchrashuv chempionat doirasidagi o‘yinlardan keskin farq qiladi. 

Bizda hozircha yo‘qotishlar yo‘q. Hamma futbolchilar maydonga tushishga tayyor. 

Birinchi turda "Paxtakor" bilan o‘ynaymiz. Ular o‘z ligasida eng kuchlisi. Shunday ekan, bor e’tiborimizni mazkur to‘qnashuvga qaratganmiz. 

Osiyo va Evropani taqqoslashni yoqtirmayman. Ertaga ajoyib stadionda o‘ynaymiz va faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Alsher
18/09/2023 19:11
Uzeb kulublariga omad olģa yigitlar
&
Bek 56
18/09/2023 15:15
Ал Айнга галаба тилаймен
&
-!-NAVIGATOR-!-
18/09/2023 18:53
Kishte hoin