Akmaljon Isroilov rossiyalik sportchidan mag‘lubiyatga uchradi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning chorak finalida 11 nafar bokschimizning janglari rejalashtirilgandi.
-86 kg vaznda hamyurtimiz Akmaljon Isroilov ochkolar bo‘yicha rossiyalik Sharabutdin Ataevga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir charm qo‘lqop ustamiz Arman Maxanov va Alexandro Lopez (Kuba) qarama-qarshiligi kutib turibdi.



Fikrlar