Akmal Holiqov: "Bu o‘yinda keyingi raqibimiz uchun ishlab chiqqan taktikamizni sinovdan o‘tkazdik"

  • 8 aprel, 22:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston Kubogining “F” guruhidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Andijon FA” (4:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mezbonlar murabbiyi Akmal Holiqov quyidagicha fikr bildirdi:

“Ajoyib o‘yin guvohi bo‘ldik. Yosh bo‘lishiga qaramasdan, Andijon futbol akademiyasi jamoasida iqtidorli o‘yinchilar borligini yana bir bor namoyish qilishdi va buni kutgandik. Ularga katta rahmat aytaman. Keyingi uchrashuvlarga omad tilayman.

O‘zimizni jamoani g‘alaba bilan tabriklayman. Qilgan mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Ha, bu uchrashuvda keyingi raqibimizga qarshi o‘yin uchun taktika ishlab chiqqandik va buni sinovdan o‘tkazdik. Yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.

Keyingi raqibimiz – “Bunyodkor” va ertadan ushbu uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. Navoiydan kelib bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga katta rahmat, ularning ishonchini oqlaymiz, degan umiddaman”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!