
Akbar Ismatullaev Tailand klubini tark etdi
Himoyachi Akbar Ismatullaev joriy mavsumni boshqa jamoa safida o‘tkazadi. Boisi, sports.uz saytining aniqlashicha, u Tailandning “Buriram Yunayted” jamoasini tark etdi.
O‘tgan yili Ismatullaev “Metallurg”da mavsumni boshlab, ikkinchi yarmidan “Buriram Yunayted”ga ko‘chib o‘tgandi. Bekobodliklar safida 9 ta, Tailandda esa 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Hozircha Ismatullaevni “Buriram Yunayted”ni nega tark etganining sababi ma’lum emas. Ammo u erda bosh murabbiy o‘zgargan. Akbar endi qaysi klubda to‘p surishini vaqt ko‘rsatadi.
Fikrlar