Aka-uka blogerlar avjida! Jek Polning navbatdagi raqibi UFC'ning 5 karra chempioni

  • 2 iyun, 2021, 10:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Hozirda boks sportida turli soha vakillari o‘rtasida ko‘rgazmali janglar shou tarzida tashkil etilmoqda. Bu borada aka-uka You Tube blogerlar Jek va Logan Polni alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

Tecno

Logan Pol 6 iyun kuni boks afsonalaridan biri Floyd Meyvezerga qarshi ringga ko‘tariladi. Uning ukasi Jek Polning ham navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Jek 28 avgust kuni UFC'ning 5 karra chempioni, hozirda erkin agent hisoblangan Tayron Vudliga qarshi boks qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali jangda ishtirok etadi. Jang "Show Time" kanali orqali pullik translyatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Jek Pol shu kunga qadar bloger Enson Gib, NBA yulduzi Neyt Robinson, sobiq "Bellator" chempioni Ben Askren bilan bahs olib borib, barchasida muddatidan oldin g‘alaba qozongan.

            photo_2021-06-02_10-46-19

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!