"Ajdar" va "Xalk" to‘qnashuvi yoxud Azamat Nuftillaev navbatdagi jangini o‘tkazadi

  • 11 sentabr, 2020, 00:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

“Ajdar” laqabi bilan mashhur Azamat Nuftillaev tez orada navbatdagi jangini o‘tkazadi. Yanada aniqroq qilib aytganda, 10 oktyabr kuni rossiyalik "Ural Xalki” nomi bilan mashhur Ivan Shtirkovga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Bu borada muzokaralar davom etmoqda. Jang Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC promousheni tomonidan tashkil qilinadi.

Tecno

Hamyurtimiz og‘ir vazn toifasida jang o‘tkazib keladi. Hozirga qadar, 4 ta jangdan barchasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, FFC promousheni chempioni hisoblanadi. Uning raqibi Ivan Shtirkov 19 ta jang o‘tkazib, ularning 17 tasida g‘alaba qozongan. Bir martadan mag‘lubiyat va durang qayd etgan.

Shtirkov anchagina tajribali bo‘lib, u Fyodor Emelyanenko, UFC sobiq chempioni Antonio “Bigfoot” Silva, Jeff Monson, Fabio Maldonado, Satoshi Ishi kabi mashhurlarni ham mag‘lub etishni uddasidan chiqqan. Shunday bo‘lsa-da, biz hamyurtimizga ishonamiz va unga omad tilaymiz!

Azamat Nuftillaev

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!