AIBAning navbatdagi prezidenti kim bo‘ladi?

  • 14 may, 2020, 08:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

   Rossiya boks federatsiyasining bosh kotibi Umar Kremlyov Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti lavozimiga nomzod qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerakligini aytib o‘tdi. 13 may kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan, AIBAning navbatdan tashqari kongressi shu yilning 12-13 dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

   “Prezidentni saylash va nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar Kongressning asosiy mavzulari bo‘ladi. Xususan, birinchi kunida aniq islohotlar bo‘yicha ovoz berish kerak. Dramatik o‘zgarishlar yuz berishi kerak - yangi tashkilot bo‘ladi. Endi, XOQda hech qanay savollar paydo bo‘lmaydi. Saylovlarga kelsak, hozircha o‘z nomzodimni ko‘rsatish haqida o‘ylamayapman. Ko‘ryapsizmi, pandemiya bilan bog‘liq dunyoda ahvol qanday, yana boshqa savollar mavjud... Shuning uchun men hozir bu haqda o‘ylamayman. Umuman nomzodlar haqida gapiradigan bo‘lsak, AIBAni, bu sportni butun qalbi bilan sevadigan va uning kreslosi va mavqei uchun harakat qilmaydigan odam boshqarishi kerak. Keyinchalik bunday nomzodlar paydo bo‘ladi ”, - dedi Kremlyov.

Muhammad Mustasan AIBAning hozirgi muvaqqat prezidenti hisobalanadi .

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!