
AIBAga yangi prezident saylandi
Bugun Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidentligi uchun onlayn saylov tashkil etildi.
Unga ko‘ra, Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlyov tashkilotning yangi rahbari etib saylandi.
Prezidentlikka Kremlyovdan tashqari, Anas Otaiba - BAA (Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti, AIBA vitse-prezidenti), Suleyman Mikayilov - Ozarbayjon (AIBA ijroqo‘m a’zosi), Muhammad Mustazan - Marokash (Hozirgi vaqtinchalik prezident) va Boris van der Vorst - Niderlandiya (EUBC ijroqo‘m a’zosi, Niderlandiya boks federatsiyasi prezidenti) nomzodlik qilayotgan edi.
Fikrlar