
Ahmedovning sobiq ustozi yana Osiyoga qaytishi mumkin
"Marsel" klubi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash 2021 yilda jamoadan ketishini ma’lum qildi.
Aytish kerakki, 42 yoshli portugaliyalik mutaxassisning frantsuz klubi bilan amaldagi shartnomasi ham yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.
“Yana bir yil “Marsel”da ishlayman va shundan so‘ng ekzotik tajribaga ega bo‘lish uchun Braziliya yoki Yaponiyaga ketmoqchiman”, - deydi Villash-Boash.
Andre “Marsel”ni 2019 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa Frantsiya chempionatida 2-o‘rinni egallab, yangi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. U faoliyati davomida "Portu", "Chelsi", "Tottenxem", "Zenit" va "Shanxay SIPG" klublarini boshqargan.
Fikrlar