
Ahmedovning sobiq ustozi frantsuz grandidan ketmoqchi
"Marsel" klubi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash o‘z lavozimini tark etishi mumkin.
Le Parisien nashrining yozishicha, 42 yoshli portugaliyalik mutaxassis klub prezidenti tomonidan unga etarlicha ishonch bildirilmagani bois jamoadan ketmoqchi. Agar, u iste’foga chiqsa, jamoaning sport direktori Andoni Subisarreta ham o‘z lavozimidan ketishi mumkin.
Villash-Boash “Marsel”ni 2019 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning jamoasi bu mavsum Frantsiya chempionatida 2-o‘rinni egalladi va kelasi mavsum EChLda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar