
Agueroning o‘rniga "Barselona" boshqa bir super hujumchini olib keladi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani qishki transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda. Mish-mishlarga qaraganda, 34 yoshli urugvaylik futbolchi bilan "Yuventus" va "Barselona" klublari aloqaga chiqishgan.
Argentinaning TyC Sports nashri xabariga ko‘ra, Kavani allaqachon "Kamp Nou"ga borishni tanlagan. U “Barselona”da yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini yakunlagan Serxio Agueroning o‘rnini egallaydi.
Joriy 2021/2022 yilgi mavsumda Edinson Kavani "Manchester Yunayted" safida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar