Agueroni "Siti"dan kim "haydagani" ma’lum bo‘ldi

  • 6 aprel, 2021, 17:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"The Athletic" nashri muxbiri Sem Li argentinalik hujumchi Serxio Agueroning "Manchester Siti"dan ketish tafsilotlarini oshkor qildi.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, o‘tgan hafta 32 yoshli argentinalik futbolchi o‘tgan mavsum yakunlangach, “shaharliklar” safidan ketishini e’lon qilgan edi.

"Mening ma’lumotimga ko‘ra, u premer-ligada qolmaydi. Buni uning o‘zi xohlamaydi. Chunki, Agueroning atrofidagilar orasida ma’lum bir norozilik mavjud. Ular futbolchini qo‘yib yuborish qarori "Siti" rahbariyatiga emas, shaxsan Gvardiolaga tegishli bo‘lgan, deb bilishadi. Serxioning o‘zi ham bundan norozi. Bu uning yoki klubning emas, Gvardiolaning qarori", – dedi Li "Why Always Us" eshittirishida.

Serxio Aguero “Manchester Siti”ga 2011 yilda “Atletiko”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!