Aguero Saloh haqida nimalar dedi?

  • 29 noyabr, 15:27
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi va "Manchester Siti" klubi sobiq forvardi Serxio Aguero Muhammad Salohning joriy mavsumdagi o‘yiniga fikr bildirdi.

Tecno

"Meni fikrimcha, katta futbolchilarning o‘yinlariga shubha qilmaslik kerak. Saloh har doim a’lo darajada o‘yin namoyish etib kelgan, va buni davom ettira oladi. Joriy mavsum u uchun biroz omadsiz davom etayotganini jamoaning natijalari ko‘rsatib turibdi. Biroq Saloh yana qayta oladi, u sinib qoladigan futbolchi emas", - dedi sobiq futbolchi.

Ma’lumot uchun, misrlik futbolchi joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!