
Aguero faoliyatini tiklashi mumkin!
Argentina terma jamoasi, “Manchester Siti” va “Barselona”ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero futbolga qaytishi mumkin. 35 yoshli futbolchining shifokori (kardiolog) bunga ruxsat berdi.
Aguero 2021 yil oxirida yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini yakunlagan edi. Klubdagi faoliyati davomida Serxio "Siti" va "Barsa"dan tashqari "Independente" va "Atletiko" klublarida ham o‘ynagan.
Argentina terma jamoasi tarkibida hujumchi 101 o‘yin o‘tkazib, 42 ta gol urgan. Bundan tashqari, "oq-ko‘klar" bilan 2014 yilgi jahon chempionatining kumush medali sohibi hisoblanadi.
Fikrlar