Aguero dardini aytdi

  • 19 dekabr, 2020, 17:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero qiyin davrlarni boshdan o‘tkazayotganini ma’lum qildi. U bir necha oydan beri tizzasidagi og‘riqdan aziyat chekmoqda.

Tecno

- Ba’zan o‘zimni juda yaxshi his qilaman. Lekin shunday paytlar bo‘ladiki, birdan tizzam og‘riy boshlaydi. Bundan tezroq qutilish va maydonga qaytish uchun bor kuchimni ayamayapman. Menga yana ozroq vaqt kerak, - dedi 32 yoshli hujumchi.

Serxio Aguero “Manchester Siti” tarixida eng ko‘p gol urgan hujumchi hisoblanadi. Keyingi vaqtda u ko‘p vaqtini jarohatlarini davolatishga sarflayotgani bois Gvardiola yangi to‘purar hujumchi qidirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!