Aguero: "Buni xazil deb o‘ylaganman"

  • 20 iyul, 2022, 00:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Serxio Aguero Lionel Messi "Barselona"ni tark etganida qanday holatga tushgani haqida gapirdi. Bilasiz, Messi 2021 yilning yozida Kataloniya klubini tark etgan va PSJga erkin agent sifatida borib qo‘shilgan. 

"Messi "Barselona"ni tark etganini e’lon qilgan payti kimdir uning ijtimoiy tarmog‘ini buzib kirgan, degan hayolga borganman. Buni xazil, deb o‘ylaganman", - dedi argentinalik forvard "El Chiringuito" nashriga. 

Bilasiz, Aguero o‘tgan mavsum boshida "Siti"dan erkin agent sifatida "ko‘k-anorranglilar" safiga kelib qo‘shilgan, ammo mavsum yarmida yuragidagi muammolar tufayli faoliyatini yakunladi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!